Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federasiyasi tomonidan o‘tkazilgan Portugal Football Globes marosimida mukofotlanmadi.
«Yil yulduzlari» mukofotini «PSJ» futbolchilari Nunu Mendesh, Vitinya, Joau Nevesh va Gonsalu Ramush Chempionlar ligasidagi ketma-ket ikkinchi g‘alaba uchun qo‘lga kiritishdi.
«PSJ»ning futbol masalalari bo‘yicha maslahatchisi Luish Kampush Portugaliya futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun «Dunyoviy ta’sir» mukofotini oldi.
«Prestij» mukofoti laureati Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush bo‘ldi.
Shuningdek, mukofotlash marosimida joriy yilda faoliyatini yakunlagan 2016 yilgi Yevropa chempionlari – Ruy Patrisiu, Joze Fonte va Adriyen Silva e’tirof etildi. Ularning har biri «Faoliyati uchun» mukofotini oldi.













