Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Figu: «Barsa» g‘alaba qozonmoqda, ammo «Real» oxirigacha kurashadi»

Figu: «Barsa» g‘alaba qozonmoqda, ammo «Real» oxirigacha kurashadi»

Baho:
+ | -1

«Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi Luish Figu kataloniyaliklarning barcha sakkizta o‘yinda g‘alaba qozongan mavsumdagi yorqin startini baholadi.

«Ko‘k-anorranglilar» La Ligada 7 ta o‘yinda 31 ta gol urishdi va «Real»ni olti ochkoga ortda qoldirishmoqda.

«Ular mavsumni juda ishonchli boshlashdi. G‘alaba qozonishmoqda, yaxshi o‘yin ko‘rsatishmoqda va ko‘p gol urishmoqda. Mavsum qanday rivojlanishini ko‘ramiz, chunki u juda uzoq davom etadi.

«Madrid», shubhasiz, oxirigacha kurashadi. Bu sex darajasida butun mavsum davomida — may oyigacha barqarorlikni talab qiladigan turnirdir. Mavsum davomida ko‘tarilishlar kabi pasayishlar bo‘lishi ham muqarrar. Pasayish daqiqalarida qiyinchiliklarni yengib o‘tish va oldinga harakat qilish uchun vazminlik va mahorat talab etiladi», – dedi Figu Radio Marca’ga bergan intervyusida.

Shuningdek, «Real»ning sobiq futbolchisi Syurixda bo‘lgani sababli «Atletiko»ga qarshi madrid derbisini (1:2) tomosha qilmaganini aytdi va «qaymoqranglilar» murabbiyi Joze Mourinyuning matbuot anjumanida hakamlikni tanqid qilganiga izoh berishdan bosh tortdi.

«U o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ishni qildi. Buni izohlashimga hech qanday sabab yo‘q. Menimcha, bu shaxsiy qaror va agar u shunday qilgan bo‘lsa, demak, buni to‘g‘ri deb hisoblagan», – dedi Luish.

Kiritildi: 15:38, 22.09.2026.
O'qildi: 651 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик