Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Alvares transferi "Atletiko" rahbariyatida katta ixtilof keltirib chiqargan

Alvares transferi "Atletiko" rahbariyatida katta ixtilof keltirib chiqargan

Baho:
+ | -

El Confidencial nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Atletiko Madrid"ning futbol bo‘yicha bosh direktori Karlos Busero yozda Xulian Alvaresning "Barselona"ga sotilishiga ko‘maklashishga uringan. U bu masalada Kataloniya klubi sport direktori Deku bilan norasmiy muzokaralar ham o‘tkazgan.

Xabar qilinishicha, Busero mustaqil ravishda harakat qilgan va bu "Atletiko" rahbariyatida jiddiy norozilik uyg‘otgan. Klub rahbarlari esa Alvaresning ketishiga to‘sqinlik qilgan.

Bu holat "Atletiko" rahbariyati ichida katta kelishmovchilikka ham sabab bo‘lgan. Buseroning klubning yana bir direktori Mateu Alemani bilan munosabatlari tarang ekani aytilmoqda. Manbaga ko‘ra, u Madrid klubidagi ta’sirini qayta oshirish maqsadida Alvaresning sotilishi imkoniyatini o‘rgangan.

Busero "Atletiko" va "Barselona" o‘rtasida vositachi sifatida harakat qilib, Alvares transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga uringan. Biroq "matraschilar" boshidanoq argentinalik hujumchini jamoada saqlab qolish niyatida qat’iy turgan.

26 yoshli Alvares esa uzoq davom etgan yozgi transfer mojarosidan so‘ng yana jamoa tarkibiga qaytarildi va hozir muxlislar bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qilmoqda.

"Barselona" esa Alvaresga bo‘lgan qiziqishidan voz kechmagan. Xabarlarga ko‘ra, Kataloniya klubi kelgusi transfer oynasida uni qo‘lga kiritish uchun yana harakat qilishi mumkin.

Kiritildi: 16:03, 22.09.2026.
O'qildi: 1675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик