Yozgi transfer oynasida Londonning «Chelsi» klubi «Roma» yarim himoyachisi Manu Koneni sotib olmoqchi edi.
O‘tgan yozda «ko‘klar» Koneni taxminan 50 million yevroga sotib olishlari mumkin edi, ammo bitimdan voz kechishgan. Biroq, Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, yangi mavsumdagi taassurotli startdan so‘ng «Roma» endi Koneni 100 million yevroga baholamoqda.
Yangi mavsumda 25 yoshli fransuz barcha turnirlarda oltita o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
Konening «Roma» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, xavbekning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.













