"Milan" himoyachisi Fikayo Tomori futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali navbatdagi yangilanishidan so‘ng Italiya A Seriyasida narxi eng ko‘p pasaygan futbolchi bo‘ldi. Angliyalik futbolchining transfer qiymati 7 million yevroga kamaydi.
Antireytingdan "Yuventus" va "Napoli"ning ikkitadan futbolchisi ham joy oldi. Turin klubi darvozaboni Gulyelmo Vikarioning qiymati 6 million yevroga pasaydi. Uning jamoadoshi Andrea Kambyazo, shuningdek, "Napoli" futbolchilari Vanya Milinkovich-Savich va David Neresning narxi esa 5 million yevroga kamaydi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, A Seriyada transfer qiymati eng ko‘p pasaygan futbolchilar:
-
Fikayo Tomori ("Milan") — 10 mln yevro (-7 mln yevro).
-
Robert Sanches ("Komo") — 15 mln yevro (-7 mln yevro).
-
Gulyelmo Vikario ("Yuventus") — 12 mln yevro (-6 mln yevro).
-
Neytan Patterson ("Torino") — 5 mln yevro (-5 mln yevro).
-
Daniel Bragansa ("Torino") — 7 mln yevro (-5 mln yevro).
-
Hamed Traore ("Jenoa") — 10 mln yevro (-5 mln yevro).
-
Vanya Milinkovich-Savich ("Napoli") — 15 mln yevro (-5 mln yevro).
-
Andrea Kambyazo ("Yuventus") — 15 mln yevro (-5 mln yevro).
-
David Neres ("Napoli") — 15 mln yevro (-5 mln yevro).
-
Konstantinos Kulyerakis ("Roma") — 20 mln yevro (-5 mln yevro).













