Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi rahbari Rafael Lusan milliy jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente bilan shartnomaning 2032 yilgacha uzaytirilgani haqida fikr bildirdi.
O‘tgan yozda Ispaniya de la Fuente boshchiligida o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni bo‘lgan edi.
"Menimcha, bu zarur qaror edi. Ushbu loyiha shu muddatgacha davom etishi kerak. Hammaning e’tibori 2030 yilga qaratilgandi va bu taklif barcha tomonidan ijobiy qabul qilindi.
U shundan keyin ham, kamida 2032 yilgacha ishlashda davom eta olishiga umid qilaman. Nega endi yo‘q? Bu to‘g‘ri qaror. Luis bunga loyiq.
Ikkita yulduzni ko‘rganimda, uchinchisi xuddi kinodagidek bo‘lardi. Biz Luis bilan birgalikda uchinchi yulduzni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz", dedi Lusan.













