Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Espi: "Bu juda qiyin edi"

Espi: "Bu juda qiyin edi"

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Karlos Espi Madrid klubiga o‘tishidan oldin bu xabarni hatto do‘stlaridan ham sir saqlashga majbur bo‘lganini aytdi.

«Bu juda qiyin edi. Tasavvur qiling, «Real» bilan shartnoma imzolashingizni hech kimga ayta olmaysiz! Bu og‘ir kunlar edi. Xursandchiligingizni boshqalar bilan bo‘lishgingiz keladi, ammo sizdan so‘ralgan narsaga amal qilishingiz kerak. Bizga barchasi tez orada hal bo‘lishini va hech kimga hech narsa aytmasligimizni uqtirishgandi.

Men esa bu xabarni do‘stlarimga aytishni juda istardim. Qancha marta «falon jamoaga o‘tasizmi?» deb so‘rashganini tasavvur ham qila olmaysiz. Ammo hech narsa deya olmasdim! Hozir esa juda baxtliman. Do‘stlarim ham men uchun juda xursand», — dedi Espi AS nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 20:39, 22.09.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик