Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

"Yuventus" 10 ming yevro jarimaga tortildi

"Yuventus" 10 ming yevro jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Italiya chempionati rahbariyati "Yuventus"ni 10 ming yevro miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi.

Bunga klub muxlislarining bir qismi "Inter" va Italiya terma jamoasi afsonasi Sandro Massola xotirasiga bag‘ishlangan sukut daqiqasini buzgani sabab bo‘ldi.

Yevropa chempioni va jahon chempionati kumush medali sohibi Massola shanba kuni 83 yoshida vafot etgan edi.

Hodisa 20 sentyabr kuni "Alyans Stedium"da "Yuventus" va "Atalanta" o‘rtasidagi uchrashuv oldidan sodir bo‘ldi.

Sukut daqiqasi vaqtida Curva Sud sektordagi ayrim muxlislar maydonga orqa o‘girib turishdi, keyin esa "Yuventus" afsonalari xotirasiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar va shiorlarni ayta boshlashdi.

Muxlislarning bu xatti-harakatlari futbol jamoatchiligi tomonidan tanqid qilindi. "Yuventus" ham o‘yindan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan holatni ochiqchasiga qoraladi.

Qayd etilishicha, klubning voqeaga tezkor munosabat bildirgani, shuningdek, stadiondagi boshqa muxlislar qo‘shiq va shiorlarni qarsaklar bilan bosib ketgani sabab jarima miqdori kamaytirilgan.

Kiritildi: 22:53, 22.09.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик