Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Yamal: «Messidan yaxshiroq bo‘lishni xohlamayman, lekin tarixga kirishni istayman»

Yamal: «Messidan yaxshiroq bo‘lishni xohlamayman, lekin tarixga kirishni istayman»

Baho:
+ | -

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal faoliyatidagi maqsadlari haqida baralla bayonot berdi.

«Men tarixga kirish uchun o‘ynayman. 30 yildan so‘ng bolalar: «U ham haqiqatan ham ajoyib edi», deyishlarini xohlayman. Men Pele yoki Messidan yaxshiroq bo‘lishni istamayman. Men Lamin Yamal bo‘lishni va aynan Lamin Yamal sifatida yodda qolishni xohlayman.

Men La Liganing uchta titulini qo‘lga kiritdim va yana kamida yetti yoki sakkiztasini qo‘lga kiritishni istayman. Men hali Chempionlar ligasida g‘olib chiqmadim. Unda zafar quchishni xohlayman. Agar bitta Chempionlar ligasida g‘olib chiqsam, ketma-ket uchtasida g‘olib chiqishni istayman. Agar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritsam, yana beshtasini xohlayman. Mening kayfiyatim shunday: g‘alaba qozonish, g‘alaba qozonish va yana g‘alaba qozonish. Agar o‘xshamasa, keyingi yil ko‘rishamiz.

Har bir mavsum boshida men yanada yaxshiroq bo‘lishga harakat qilaman. O‘zimga aytaman: «Agar o‘tgan mavsumda 200 ta muvaffaqiyatli dribling qilgan bo‘lsam, bu mavsumda 300 ta qilishga harakat qilaman». Men «Barselona» bilan ko‘proq trofeylar yutishni xohlayman. Raqib jarima maydonchasiga tez-tez yaqinlashishga, ko‘proq harakat qilishga va o‘sishga harakat qilyapman. O‘ylaymanki, bu tobora yaxshiroq chiqmoqda va siz buni ko‘rib turibsiz», - deydi Yamal so‘zlarini The Touchline nashri.

«Barselona» yetti turdan so‘ng 21 ochko jamg‘arib, La Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 06:33, 23.09.2026.
O'qildi: 582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик