«Barselona» vingeri Lamin Yamal bo‘yi o‘sib borayotgani raqiblarni birga-bir vaziyatda aldab o‘tish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblamaydi.
Yosh ispaniyalik futbolchi o‘tgan ikki mavsumda Yevropaning eng yaxshi driblerlaridan biri bo‘lgan edi. Oxirgi vaqtlarda o‘yinchi sezilarli darajada o‘sdi (uning hozirgi bo‘yi — 183 sm), bu esa keng tarqalgan fikrlarga ko‘ra, uning tezkorligi va driblingiga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi.
«Odamlar bo‘yim o‘sgani sababli endi menga dribling qilish qiyinroq bo‘layotganini aytishmoqda, ammo men buni his qilmayapman. Menimcha, bo‘yim yaxshi va tabiiy darajada. Men jamoadagi eng bo‘ydor o‘yinchilar sirasiga kirmayman. O‘zimni mutlaqo qulay his qilyapman», — deydi Yamal so‘zlarini Barca Universal.
Joriy mavsumda 19 yoshli futbolchi sakkizta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.













