"Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz mankunianliklar bosh murabbiyi Maykl Karrik haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Kerrik yozgi transfer bozorida sodir bo‘lgan ishlardan hafsalasi pir bo‘lgan. U pand yeganini tushunib turibdi. Maykl uchun eng muhim davr — mavsum starti. Aynan shu o‘yinlarda o‘zingni ko‘rsatasan va mavsumning keyingi qismi uchun poydevor yaratasan", — deya "qizil iblislar" afsonasining so‘zlarini Metro keltirdi.
Angliya chempionatining dastlabki besh turidan so‘ng "Manchester Yunayted" 5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi. "Qizil iblislar" navbatdagi uchrashuvda "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi.













