Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Lamin Yamal faoliyati boshida olgan eng muhim saboqni aytdi

Lamin Yamal faoliyati boshida olgan eng muhim saboqni aytdi

Baho:
+ | -

"Barselona"ning 19 yoshli futbolchisi Lamin Yamal faoliyatining dastlabki davrida o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish va uchrashuvlardan keyin tiklanish jarayoniga bo‘lgan munosabati qanday o‘zgarganini gapirib berdi.

"Ilk bor jismoniy muammolarga duch kelganimda, o‘zimga: "Men hali bolaman, xuddi plastikdan yasalgandekman, qanday qilib jarohat olishim mumkin?" deb o‘ylagandim. Keyinchalik bu unday ishlamasligini tushundim. Biz eng yuqori darajada o‘ynaymiz, shuning uchun barchamiz fizioterapevt bilan ishlashimiz, to‘g‘ri ovqatlanishimiz va yaxshi uxlashimiz kerak. Bularning barchasi hozirga qadar erishgan natijalarimga yetishimda yordam berdi", — deya Yamalning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.

Ispaniyalik vinger joriy mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida sakkizta o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 10:52, 23.09.2026.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик