"Manchester Siti" himoyachisi Rayan Ait-Nuri faoliyatini Italiyaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, Turinning "Yuventus" klubi 25 yoshli jazoirlik qanot himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Ait-Nurining transfer qiymati 40 million yevroga baholanmoqda, uning "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi esa 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Himoyachi o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Joriy mavsumda esa Ait-Nuri hali chempionat o‘yinlarida maydonga tushmadi.













