Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Real», «Arsenal» va «Liverpul» 20 yoshli Xon Martinni kuzatmoqda

«Real», «Arsenal» va «Liverpul» 20 yoshli Xon Martinni kuzatmoqda

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» yarim himoyachisi Xon Martin bir qator Yevropa grandlari e’tiboriga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchiga «Arsenal», Madridning «Real», «Chelsi» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda.

«Real Sosyedad» esa futbolchi uchun 50 million yevrodan kam taklif tushsa, transfer bo‘yicha muzokara olib bormoqchi emas.

Joriy mavsum Ispaniya chempionatida Martin oltita uchrashuvda maydonga tushdi va bitta qizil kartochka oldi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Uning «Real Sosyedad» bilan shartnomasi 2032 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 13:14, 23.09.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик