Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Manchester Yunayted»da 15 yoshli yulduzini saqlab qolish uchun 2 hafta vaqt bor

«Manchester Yunayted»da 15 yoshli yulduzini saqlab qolish uchun 2 hafta vaqt bor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» 15 yoshli iste’dod Jey-Jey Gabrielni «Old Trafford»da olib qolish uchun hal qiluvchi ikki hafta oldida turibdi. Yosh futbolchiga Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.

Gabriel 6 oktyabr kuni 16 yoshga to‘ladi. Shundan so‘ng u rasmiy agent bilan ishlash huquqiga ega bo‘ladi va Irlandiya pasporti orqali xorijiy klublar bilan shartnoma imzolash imkoniyati paydo bo‘ladi.

«Real», «Barselona» va «Pari Sen-Jermen» futbolchining vakillari bilan allaqachon muzokaralar o‘tkazgan.

Gabriel kattalar futboliga o‘tish uchun aniq reja bo‘lishini xohlamoqda. U yaqinda UYEFA Yoshlar ligasi o‘yinida xet-trik qayd etganidan keyin klub mashg‘ulotlarida qatnashmay qo‘ygan.

«Manchester Yunayted» esa yosh hujumchini juda kam tovon puli evaziga yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.

Gabriel 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasining U18 chempionatida 21 ta o‘yinda 20 ta gol urgan.

Kiritildi: 13:21, 23.09.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик