Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Manchester Yunayted» iqtidorli himoyachisi yanvarda jamoani tark etishi mumkin

«Manchester Yunayted» iqtidorli himoyachisi yanvarda jamoani tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted»ning yosh futbolchisi Xarri Amass uzoq vaqtdan beri hamkorlik qilib kelgan agenti Jeyson Mak bilan munosabatlarni yakunlab, M+C Saatchi Football agentligiga qo‘shildi.

19 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida «Old Trafford»ni tark eta olmadi. Bunda «Manchester Yunayted»ning «Nyukasl Yunayted» chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni xarid qila olmagani ham qarorga ta’sir ko‘rsatgan.

Shuningdek, Amass jamoani butunlay tark etishi yoki ijara asosida boshqa klubga o‘tishi masalasida ham noaniqlik bo‘lgan. «Bernli» esa uni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokara olib borgan klublardan biri edi.

Amass avgust oyida yangi agentlik bilan hamkorlikni boshladi. Biroq bu kelishuv uzoqqa cho‘zilmasligi ham mumkin. Xabarlarga ko‘ra, bir necha agent futbolchi va uning oilasini vakillikni yana o‘zgartirishga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Chap qanot himoyachisiga yanvar transfer oynasi arafasidayoq qiziqish ortgan. Chempionship, Germaniya va Niderlandiya klublari uning vaziyatini kuzatib bormoqda.

«Manchester Yunayted»da tabiiy chap qanot himoyachisi yetishmayotganiga qaramay, Amass joriy mavsumda yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lmadi. Maykl Karrik hozirgacha bu pozisiyada Lyuk Shou, Patrik Dorgu va Nussair Mazrauini afzal ko‘rmoqda.

«Old Trafford»da asosiy jamoada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish qiyin bo‘lib turgan bir paytda, to‘g‘ri agentlik bilan hamkorlik qilish Amassning yanvarda boshqa klubga o‘tishida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Hozircha uning ijara asosida ketishi eng ehtimoliy variant sifatida qaralmoqda.

Kiritildi: 13:25, 23.09.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик