«Chelsi» «Santos» yarim himoyachisi Gabriel Bontemponi kuzatishda davom etmoqda.
Bolavip ma’lumotiga ko‘ra, London klubi skautlari 21 yoshli futbolchining o‘yinini muntazam kuzatib bormoqda. Bontempo so‘nggi vaqtlardagi muvaffaqiyatli o‘yinlari ortidan ilk bor Braziliya milliy jamoasiga ham chaqiruv oldi.
U Kuka boshchiligida «Santos»ning asosiy tarkibidan mustahkam joy egallagan. Joriy mavsumda Bontempo 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq «Santos» moliyaviy qiyinchiliklar sabab futbolchi uchun taxminan 12 million yevro atrofidagi takliflarni muhokama qilishga tayyor ekani aytilgan edi. Biroq hozir klub Bontemponi saqlab qolishni istamoqda va faqat juda manfaatli taklif kelgan taqdirdagina uni sotish masalasini ko‘rib chiqadi.
«Chelsi»ni futbolchining universalligi ham qiziqtirmoqda. Bontempo hujumkor yarim himoyachi, oldinroq pozisiyadagi «sakkizlik» yoki qanotdan markazga siljib harakat qiluvchi futbolchi sifatida o‘ynay oladi.
Uning chiziqlar orasida to‘p qabul qilishi va tor hududlarda hujumni rivojlantirish qobiliyati alohida e’tiborga tushgan.
Shu bilan birga, 21 yoshli futbolchining o‘yinida hali rivojlantirilishi kerak bo‘lgan jihatlar ham bor. Xususan, uzoq masofadan zarba berish va jarima maydoni ichiga ko‘proq ochilib kirish borasida undan o‘sish kutilmoqda.













