Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Chelsi» APLda porlayotgan forvardga qiziqishni kuchaytirdi

«Chelsi» APLda porlayotgan forvardga qiziqishni kuchaytirdi

Baho:
+ | -

«Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbi faoliyatini «Chelsi»da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Saymon Fillips ma’lumotiga ko‘ra, London klubi yangi mavsumni muvaffaqiyatli boshlagan 24 yoshli niderlandiyalik futbolchini kuzatishda davom etmoqda.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» Brobbini hali yozdayoq transfer uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritgan. Endi esa hujumchining so‘nggi o‘yinlaridan keyin klubning unga bo‘lgan qiziqishi yanada ortgan.

Brobbi joriy mavsum barcha musobaqalar hisobida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.

Futbolchining «Sanderlend» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Brobbining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 13:45, 23.09.2026.
O'qildi: 904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик