O‘zbekiston delegasiyasi Yaponiyada o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarida uchinchi bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ushu bellashuvlarida ikkinchi medal. Sanda dasturida -56 kg vazn toifasida ishtirok etgan Saydullo Abdurashidov yarim finalda xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Avvalroq ushbu sport turida Darya Latisheva o‘zining Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi medalini qo‘lga kiritdi. Ko‘rgazmali chiqish dasturida ishtirok etgan yurtdoshimiz 19.413 ball bilan kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 8 taga yetdi. Vakillarimiz umumiy jadvalda 14-o‘rinda bormoqda. Birinchi o‘rinni kutilganidek Xitoy delegasiyasi egallab turibdi. Ular hisobida jami 77 ta medal bor — 47 ta oltin, 20 ta kumush va 10 ta bronza.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Yaponiya va Janubiy Koreya vakillari egallagan. Ular mos ravishda 65 ta va 39 ta medal jamg‘argan.
Qozog‘istonlik sportchilar 4-o‘rinda borishmoqda. Qo‘shnilarimiz hisobida jami 18 ta — 7 ta oltin 4 ta kumush va 7 ta bronza medal bor.













