Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Xabi Alonso "Chelsi"da klubning salbiy rekordini takrorladi

Xabi Alonso "Chelsi"da klubning salbiy rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

Xabi Alonsoning "Chelsi"dagi murakkab starti tarixiy tus oldi. Londonliklar Premyer-ligadagi dastlabki beshta o‘yinda 12 ta gol o‘tkazib yubordi va bu borada klubning musobaqa tarixidagi eng yomon natijasini takrorladi.

"Chelsi" avval ham faqat bir marta dastlabki beshta turda shuncha gol o‘tkazib yuborgan. Bu 2015/16 yilgi mavsumda Joze Mourinyo boshqaruvi ostida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda amaldagi chempion sifatida mavsumni boshlagan "Chelsi"da Mourinyo Rojdestvoga qadar iste’foga chiqarilgan.

Shunga qaramay, Alonso uchun ijobiy jihat ham bor. Uning jamoasi ikki marta g‘alaba qozondi va faqat bir uchrashuvda mag‘lub bo‘ldi. Bu o‘n yil avval xuddi shu bosqichga kelib uchta mag‘lubiyat qayd etgan Mourinyo jamoasining natijasidan yaxshiroq.

Biroq ijobiy natijalarga qaramay, "Chelsi" himoyada juda ko‘p imkoniyat berayotgani Alonso jamoasini Mourinyo davri bilan taqqoslashga sabab bo‘lmoqda.

Xalqaro uchrashuvlar munosabati bilan yuzaga kelgan uzoq tanaffus Alonso uchun ayni muddao bo‘lishi mumkin. "Chelsi"ning asosiy va yoshlar jamoalaridan jami 22 nafar futbolchi o‘z terma jamoalari ixtiyoriga jo‘nab ketgan.

Yopiq eshiklar ortida o‘rtoqlik o‘yinlari rejalashtirilmagani sababli ispaniyalik mutaxassis Koul Palmer va boshqa futbolchilar qaytguniga qadar himoyadagi muammolar ustida ishlash uchun yetarlicha vaqtga ega bo‘ladi.

Ayni paytda Alonsoning ta’siri "Chelsi" akademiyasida ham sezilmoqda. Kobxemdagi 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi endi "Next Gen" nomi bilan atalmoqda va so‘nggi uchrashuvlarda Alonso qo‘llayotgan uch himoyachili, harakatchan taktik tizimdan foydalanmoqda.

Kiritildi: 15:51, 23.09.2026.
O'qildi: 620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик