Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti milliy jamoa hujumchisi Vinisius Juniorning hozirgi formasi haqida fikr bildirdi.
"Balki hozir u uchun eng yaxshi davr emasdir. Ammo, masalan, Jahon chempionatida u yaxshi o‘ynagan. Futbolchi har doim 100 foiz tayyor holatda bo‘la olmaydi.
Vinisiusning salohiyatiga shubha yo‘q. U fantastik futbolchi, dunyodagi eng yaxshilardan biri. Ishonchim komilki, keyingi bahslarda u o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etadi", — dedi Anchelotti The Times of India nashriga bergan intervyusida.













