"Manchester Yunayted" rasmiy sayti orqali noodatiy suvenir sotuvga chiqarilganini ma’lum qildi. Endi istagan muxlis "qizil iblislar"ning uy stadioni – "Old Trafford" maysasidan bir bo‘lak sotib olishi mumkin.
Klub fan-shopida ushbu suvenirning narxi 125 funt sterling qilib belgilangan. Gazonning bir qismi tuprog‘i bilan birga zamonaviy shaffof shisha kub ichida sotilmoqda.
"Manchester Yunayted" yangi Angliya Premyer-ligasi mavsumini omadsiz boshladi. Manchesterliklar dastlabki beshta uchrashuvda bor-yo‘g‘i 5 ochko to‘pladi va hozir turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Oltinchi turda "MYU" ligada so‘nggi o‘rinda borayotgan "Tottenxem"ga qarshi maydonga tushadi.













