Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

De Laurentis Kardinaleni keskin tanqid qildi

De Laurentis Kardinaleni keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis "Milan" egasi Jerri Kardinale hamda Italiya klublariga sarmoya kiritayotgan investisiya fondlarini tanqid qildi.

"Uch yil avval Jerri Kardinaleni kechki ovqatga taklif qilgan edim. U mening nazarimda hech qanday mantiqqa ega bo‘lmagan gaplarni aytdi. U haqiqiy tadbirkor emas, moliyachi kabi fikrlaydigan klub egasi edi", – dedi De Laurentis.

Funksioner biznesda o‘zi boshqacha yondashuvga amal qilishini ta’kidladi. U g‘oyani tanlashdan tortib, uni moliyalashtirish, ishlab chiqarish va mahsulotni targ‘ib qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni shaxsan nazorat qilishni ma’qul ko‘radi.

Shundan so‘ng De Laurentis investisiya fondlarining ishlash modelini ham tanqid qildi.

"Kardinale va fondlar o‘z investorlariga daromad olib kelish uchun pul kiritdi. Agar ma’lum vaqt o‘tib, ular foyda ko‘rmagan bo‘lsa, unda ular qanday naf keltirdi? Hech qanday", – dedi u.

De Laurentis, shuningdek, Avstraliya va Singapurda ikkita o‘yin o‘tkazish uchun taklif qilingan 6 million dollardan voz kechganini aytdi. U mavsumoldi tayyorgarlik paytida 30 soatlik parvozni o‘z ichiga olgan safarni maqbul deb hisoblamagan.

Kiritildi: 22:47, 23.09.2026.
O'qildi: 574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик