Xorvatiya terma jamoasi ustozi Slaven Bilich Luka Modrichning «Milan»dagi o‘yinlari unga milliy terma jamoaga ham foyda keltirishi uchun zarur bo‘lgan sport formasini saqlab turishga yordam berayotganini shama qildi.
«U sardor bo‘lishidan oldin bo‘lib o‘tgan suhbatlarimizdanoq tushunganmanki, milliy terma jamoa u uchun hamma narsa demakdir. U klubda bo‘ladimi yoki terma jamoadami, mas’uliyatdan qochadigan yoki yengil yo‘l qidiradigan eng oxirgi odam. Yakshanba kuni u maydonga tushdi, «Milan» u bilan va usiz mutlaqo boshqacha ko‘rinadi. Modomiki u «Milan»da o‘ynayotgan va ushbu jamoa uchun muhim bo‘lib qolayotgan ekan, u bizda ham o‘ynaydi», — dedi Bilich pianetamilan.it nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Modrich hozirda qirq yoshda.













