Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Lyuis-Skelli: «Buddizm bosimga bardosh berishga yordam beradi»

Lyuis-Skelli: «Buddizm bosimga bardosh berishga yordam beradi»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Maylz Lyuis-Skelli ingliz sportchisi uchun noodatiy bo‘lgan stress va bosimni yengish usuli haqida gapirib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda unga buddizm yordam beradi.

«Buddizmda «maymun aqli» degan tushuncha bor. Mohiyatan, bu bir tashvishli xayoldan boshqasiga tinimsiz sakrab o‘tadigan bezovta odam aqlidir. Men uchun nafas olish amaliyotlari, musiqa yoki odamlar bilan muloqot orqali bo‘lsin, asab tizimini tinchlantirish va ruhiy muvozanatni topish muhim. Bularning barchasi onglilik amaliyotidan kelib chiqadi, chunki men aqlimiz qanchalik muhimligini ta’kidlamoqchiman. Bu ham o‘ziga xos mushak, demak, uni mashq qildirish kerak», — dedi futbolchi derbyderbyderby.it nashriga.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda Lyuis-Skellining «Arsenal»dan ketishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Uning bu amaliyotlari puxta o‘ylangan qaror qabul qilishiga yordam beradi, deb umid qilamiz.

Kiritildi: 06:25, 24.09.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик