Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik «Barselona»ni boshqarishni boshlaganidan beri, kataloniyaliklar uning qo‘l ostida 354 ta gol urishdi — bu har bir o‘yinga o‘rtacha 2,83 tadan gol to‘g‘ri keladi deganidir. Bu klub tarixidagi to‘rtinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Undan oldinda faqat Elenio Errera (har bir o‘yinda 2,89 ta gol), Luis Enrike (har bir o‘yinda 2,87 ta gol, ammo o‘shanda tarkibda Messi-Neymar-Suares triosi o‘ynagan) va Ferdinand Dauchik (har bir o‘yinda 2,86 ta gol) bor, xolos. Bu shuni anglatadiki, Flik Xosep Gvardiola (har bir o‘yinda 2,43 ta gol) hamda Ernesto Valverdeni (har bir o‘yinda 2,32 ta gol) jiddiy tarzda ortda qoldirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Flik Kataloniya superklubi sukanini 2024 yilda o‘z qo‘liga olgan edi. «Barselona» ushbu mavsumdagi sifat jihatidan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi.













