«PSJ» yarim himoyachisi Xvicha Kvarasxeliya «Oltin to‘p» uchun kurashda ehtimoliy g‘alaba Gruziya uchun qanday ahamiyatga ega bo‘lishi haqida gapirib berdi.
— Menimcha, katta futbol mamlakatlari uchun bu Gruziya kabi kichik mamlakat uchun nimani anglatishini tushunish qiyin. Bu juda uzoqdagi, deyarli imkonsiz narsadek tuyuladi. Talabagorlar orasida va shunday ajoyib o‘yinchilar yonida ekanimdan juda faxrlanaman, — dedi futbolchi The Touchline nashriga.
— Albatta, agar sovrinni qo‘lga kiritsam dunyodagi eng baxtli inson bo‘laman. Oilam va mamlakatim men bilan faxrlanishini xohlayman. Har doim Yaratgan nimani xohlasa, shu bo‘ladi, deyman. Men shunchaki mehnat qilishda va mashg‘ulot o‘tkazishda davom etaman. Ko‘ramiz, nima bo‘larkan, — deya qo‘shimcha qildi Kvarasxeliya.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Kvarasxeliya ushbu mukofotga da’vogarlar qatoridan joy olgan.













