«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis jamoaning sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Yuventus»ni boshqarayotgan Luchano Spallettini tanqid qildi.
«Meni Spalletti haqida gapirishga majbur qilmang. Murabbiylar shuni tushunishlari kerakki, ular futbolchilardan iborat orkestrni boshqarish uchun yollangan xodimlardir. Baribir ular yollanma xodim bo‘lib qolaveradi. Ba’zida ular buni unutib qo‘yishadi. Fikrimni aniq tushuntira oldimmi?» — dedi Laurentis Football Italy nashriga.
Spalletti 2023 yilda «Napoli» bilan Italiya chempionatida g‘olib chiqdi, shundan so‘ng klubni tark etdi va oradan ko‘p o‘tmay Italiya terma jamoasini boshqara boshladi. Bu murabbiy va Neapol klubi prezidenti o‘rtasida jiddiy nizoga sabab bo‘lgan edi.













