Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Obameyang jarohat oldi

Obameyang jarohat oldi

Baho:
+ | -

«Deportivo» hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang o‘ng tizzasidan jarohat oldi va operasiya qilinadi. 37 yoshli forvard taxminan ikki oyga safdan chiqishi mumkin, deb xabar beradi Marca.

O‘ng tizzadagi og‘riqlar «Betis»ga qarshi o‘yindan (1:1) so‘ng kuchaygan. Obameyang magnito-rezonans tomografiyasidan o‘tdi va unda meniskning qisman uzilishi aniqlandi. 24 sentyabr kuni futbolchi Madridda operasiya qilinadi. Mashg‘ulotlarga qaytishning aniq muddati tiklanish dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi.

Mavsum boshida Obameyang ajoyib sport formasida edi: u 5 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 07:40, 24.09.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик