«Inter» va Argentina terma jamoasi forvardi Lautaro Martines Transfermarkt portali tomonidan tuzilgan Italiya A Seriyasining eng qimmat o‘yinchilari yangi reytingida yetakchilik qilmoqda. 29 yoshli futbolchi 85 million yevroga baholanmoqda.
Ikkinchi o‘rinni «Komo» a’zosi Nikolas Pas egallab turibdi, 22 yoshli hujumkor o‘yinchi portal tomonidan 80 million yevroga baholangan. Keyingi o‘rinda Kenan Yildiz bormoqda. Turinning «Yuventus» klubi turkiyalik hujumchisi 75 million yevroga baholanmoqda.
Kuchli beshlikni Alessandro Bastoni («Inter», 65 million yevro) va Rasmus Xyoylund («Napoli», 60 million yevro) yakunlab bermoqda.
A Seriyaning o‘tgan besh turi yakunlariga ko‘ra, «Roma», «Inter» va «Lasio» 13 ochkodan to‘plab, turnir jadvalining birinchi o‘rnini bo‘lishib olishgan. Chempionlik unvonini «Inter» himoya qilmoqda.













