Kirish Ro'yxatdan o'tish

Romano Alabaning Italiya klubi bilan shartnomasi muddatini ma’lum qildi

Romano Alabaning Italiya klubi bilan shartnomasi muddatini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Avstriyalik universal himoyachi David Alaba «Udineze» bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Kelajakdagi ushbu transfer haqida insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda ma’lumot bo‘lishdi.

«Real» va «Bavariya»ning sobiq markaziy himoyachisi 2027 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan bir yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuv tasdiqlandi», — deya tushuntirdi insayder.

Eslatib o‘tamiz, o‘tish erkin agent maqomida amalga oshiriladi, chunki Alaba yozda «Real»dan kep-ketganidan beri haligacha klubsiz edi.

34 yoshli Alaba — Venaning «Austriya» klubi tarbiyalanuvchisi. Biroq avstriyalik juda erta «Bavariya»ga o‘tib ketib, klub tizimida 12 yil o‘tkazgan. 2021–2026 yillarda Madridning «Real» klubi o‘yinchisi bo‘lgan. Avstriya terma jamoasi sardori.

«Udineze» ushbu mavsumda yevrokuboklarda o‘ynamayapti, A Seriyaning doimiy ishtirokchisi hisoblangan jamoa hozirda to‘rt ochko bilan turnir jadvalining 13-o‘rnini egallab turibdi.

Kiritildi: 07:45, 24.09.2026.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик