Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kukurelya: «Men Rodrini «Real»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilgandim»

Kukurelya: «Men Rodrini «Real»ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilgandim»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi futbolchisi Mark Kukurelya Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshi Rodrini o‘z namunasiga ergashishga qanday undaganini eslab o‘tdi.

Iyun oyida chap qanot himoyachisi «Chelsi»dan «Real»ga o‘tgan edi. Rodri ham La Ligaga qaytishga qaror qildi, biroq «qaymoqranglilar» birinchi bo‘lib muzokara boshlagan bo‘lsa-da, «Barselona»ni tanladi.

«Yozda men Rodrini «Real»ga o‘tishga biroz ko‘ndirishga harakat qildim. U bo‘lsa: «Ko‘ramiz», qabilida javob qaytarardi. Men u uchun xursandman, lekin «Barsa»da katta muvaffaqiyatga erishmaydi deb umid qilaman, chunki bu biz uchun omadsizlikni anglatadi», — dedi Kukurelya Madrid Universal nashriga.

Rodri avgust oyida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o‘tgan edi.

Kiritildi: 07:56, 24.09.2026.
O'qildi: 924 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик