Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Kvarasxeliya Luis Enrikedan nimalar o‘rganganini aytdi

Kvarasxeliya Luis Enrikedan nimalar o‘rganganini aytdi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" futbolchisi Xvicha Kvarasxeliya Luis Enrike bilan ishlash uning o‘yiniga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirdi.

Gruziyalik futbolchi 2025 yil boshida "Napoli"dan Parij klubiga o‘tgan edi.

"Men Enrikedan juda ko‘p yangi narsalarni o‘rgandim va futbolni ancha yaxshiroq tushuna boshladim. Ruhiy va jismoniy jihatdan ham sezilarli o‘sdim. Olgan barcha bilimlarimni hisobga olsak, xohlasam, bugunoq murabbiy bo‘lishim mumkin.

Enrike bilan ishlasang, har kuni yangi narsa o‘rganasan. U futbolchilarni butunlay o‘zgartiradi. Hatto maydonga atigi bir daqiqaga tushirilsang ham, doimo tayyor bo‘lishing kerak. Bunday murabbiy bilan ishlaganda sening vazifang oddiy: uni tinglash, ko‘rsatmalarga amal qilish va 100 foiz kuchingni berish", – dedi 25 yoshli vinger. Uning so‘zlarini "Actu Foot" keltirdi.

Xvicha Kvarasxeliya "PSJ" safida to‘qqizta sovrin qo‘lga kiritgan. Ular orasida ikkita Chempionlar ligasi kubogi ham bor.

Kiritildi: 08:40, 24.09.2026.
O'qildi: 240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик