Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Ruis "Oltin to‘p" uchun kurashda o‘z yutuqlarini eslatdi

Ruis "Oltin to‘p" uchun kurashda o‘z yutuqlarini eslatdi

Baho:
+ | -

"PSJ" yarim himoyachisi Fabian Ruis "Oltin to‘p" uchun kurash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

30 yoshli futbolchi Parij klubi safida Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi, yozda esa Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoaviy miqyosdagi katta muvaffaqiyatlarga qaramay, Ruis "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogarlar qatoriga kiritilmayapti.

"Bu mavsumda hammadan ko‘p jamoaviy sovrinlarni yutdim. Umid qilamanki, bir kuni qandaydir individual sovrinni ham qo‘lga kiritaman. Barchamiz mehnatimiz e’tirof etilishini xohlaymiz. Bu, albatta, yoqimli.

Lekin bu haqda o‘zim emas, boshqalar gapirganini ma’qul ko‘raman. Qanday sovrinlarni yutganimni hamma biladi, ammo qarorni men qabul qilmayman", – dedi Ruis. Uning so‘zlarini "ParisSG INFOS" keltirdi.

"Oltin to‘p" sohibining nomi 26 oktyabr kuni e’lon qilinadi.

Kiritildi: 08:52, 24.09.2026.
O'qildi: 264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик