Bir nechta Rossiya klublari Domeniko Tedesko xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Biroq hozircha mutaxassis Rossiya chempionatida ishlashga qaytmoqchi emas. Ehtimol, u Bundesligaga qaytib, Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini boshqaradi.
Tedesko 2019 yil oktyabridan 2021 yil mayiga qadar «Spartak»ni boshqargan. U jamoa bilan 2020/21 yilgi mavsumda Rossiya chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, mutaxassis «RB Leypsig», Belgiya terma jamoasi va «Bolonya»da ishlagan.













