Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker FIFA tashabbusi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni istamagani haqida gapirdi.
"Bir necha yil avval FIFA bilan hech qanday aloqa o‘rnatmaslikka ongli ravishda qaror qildim. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalarida ishlashimni hisobga olgan holda, bunday yo‘lni tanladim. Tashkilot ichida bo‘lib, uning ta’siri ostida qolmaganim ma’qul. Shuning uchun FIFAdan ataylab uzoqroq yuraman. Bu ongli ravishda qabul qilingan qaror edi.
2018 yilda ular uchun Jahon chempionati qur’asini o‘tkazganman. O‘shanda meni Vladimir Putin bilan uchrashtirishmoqchi bo‘lganini eslayman. Men esa: «Buni qilishni istamayman», deb o‘yladim. Keyin «Kechirasiz, ssenariy bilan bog‘liq ishlarim juda ko‘p», deb aytdim. O‘sha vaziyatda o‘zimni biroz noqulay his qildim. Keyin esa FIFAdan uzoqroq yurganim ma’qul degan xulosaga keldim, — deya Linekerning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.













