Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandes Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
Leo Beninga qarshi bahsda terma jamoadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi.
Messining Argentina terma jamoasidagi xayrlashuv o‘yini haqida:
"Bu juda ta’sirli va og‘ir xayrlashuv bo‘ladi. Ammo Messi bilan o‘tkazgan ushbu alohida davrni qadrlashimiz kerak. Biz uning qanday meros qoldirganini va biz uchun qanchalik muhim ekanini yaxshi bilamiz".
Messi Argentina terma jamoasi libosini yechganidan keyin nima bo‘lishi haqida:
"U hali ketgani yo‘q. Shuning uchun hozirgi vaqtdan to‘liq bahra olishimiz kerak. Keyin esa murakkab o‘tish davri boshlanadi".













