«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar qanday ketayotgani haqida gapirdi.
«Biz muzokaralar olib boryapmiz. Rostini aytsam, hammasi juda yaxshi ketmoqda. Kelishuvga yaqinmiz. Faqat hal qilinishi kerak bo‘lgan ayrim masalalar qoldi. Men bu yerda baxtliman. O‘ylashimcha, tez orada rasmiy e’lon bo‘ladi», — dedi Keyn.
Angliyalik hujumchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
33 yoshli Keyn joriy Bundesliga mavsumida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.













