Kirish Ro'yxatdan o'tish

Robertson: «Galatasaray» stadionida o‘ynash juda qiyin»

Robertson: «Galatasaray» stadionida o‘ynash juda qiyin»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Endryu Robertson o‘ynashni eng yoqtirmaydigan stadionlaridan biri haqida gapirdi.

Shotlandiyalik futbolchi «Galatasaray»ning uy arenasini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, mahalliy muxlislarning bosimi juda kuchli.

«Men «Galatasaray»ga qarshi safarda o‘ynashni yoqtirmayman. U yerda o‘ynash juda og‘ir. Muxlislar deyarli 90 daqiqa davomida hushtak chalib turadi», — dedi Robertson.

Robertson «Liverpul» safida «Galatasaray» maydoniga ikki marta borgan.

Birinchi uchrashuvda u 90 daqiqa zaxirada qolgan. Ikkinchi o‘yinda esa 30 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Har ikki uchrashuv Chempionlar ligasi doirasida o‘tgan va «Liverpul» ikkala o‘yinda ham 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Kiritildi: 14:21, 24.09.2026.
O'qildi: 1044 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик