Ispaniya terma jamoasi futbolchisi 2026-yilgi Jahon chempionatidagi g‘alaba uchun berilgan 1 million yevro miqdoridagi pulni Ispaniya futbol federasiyasi xodimlariga berib yubordi. Bu haqida As xabar berdi.
Ispaniya terma jamoasi mundial finalida Argentinanin 1:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikka erishgani uchun 50 million yevro miqdorida mukofot puli olgan.
26 nafar futbolchining har biriga taxminan 1 million yevro miqdorida bonus ajratilgan. Biroq, bir futbolchi bu puldan voz kechib, ularni federasiyani ishchilariga taqsimlab bergan.
Futbolchi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragani e’tiborga molik. U o‘z harakati bilan chempionlik yo‘lida jamoaga katta yordam bergan "sahna ortidagi qahramonlar"ga minnatdorchilik izhor qilmoqchiligini bildirgan.













