Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Avstriya Isroilni mag‘lub etdi

Avstriya Isroilni mag‘lub etdi

Baho:
+1 | -

Avstriya terma jamoasi o‘z maydonida Millatlar ligasi 1-turida Isroil ustidan g‘alaba qozondi — 3:1.

Avstriyaliklar tarkibida Romano Shmid (penaltidan, 43-minuta), Fillipp Mvene (90-minuta) va Sasha Kalaydjich (90+3-minuta) gol muallifi bo‘lishdi.

Mehmonlardan Sayed Abu Farxi (55-minuta) ajralib turdi. Goldan so‘ng Abu Farxi nishonlash vaqtida burchak bayroqchasini olib, undan o‘q uzishni imitasiya qildi. Ushbu harakati uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi va o‘z jamoasini maydonda bir kishi kam bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi.

B ligasining 3-guruhida parallel kechgan o‘yinda Kosovo terma jamoasi Irlandiyani mag‘lub etdi — 1:0. Boshqa o‘yinlarda Litva Lixtenshteynni yengdi (2:0), Malta esa Andorra ustidan g‘alaba qozondi (2:1).

Kiritildi: 03:47, 25.09.2026.
O'qildi: 591 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик