Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya: «Flik hayotimni o‘zgartirdi»

Rafinya: «Flik hayotimni o‘zgartirdi»

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Rafinya Dias murabbiy Xans-Diter Flikning o‘z muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi — nominal vinger — «ko‘k-anorranglilar» ustozi tomonidan markaziy hujumchi pozisiyasiga o‘tkazilgach, o‘zini yorqin tomondan ko‘rsatmoqda.

«Flik hayotimni o‘zgartirdi — buni har doim aytaman. U mening dunyoqarashimga ta’sir qildi, shaxs sifatida kuchliroq bo‘ldim. Murabbiy sizga ishonch bildirganda, bor-yog‘i bir nechta so‘zning o‘zi kifoya qiladi. Men darhol uning menga to‘liq ishonishini his qildim.

Agar Flik bo‘lmaganida, men allaqachon «Barselona»da bo‘lmasdim. 2024 yilda klubdagi kunlarim sanab bo‘lingan deb hisoblardim. Ketmoqchi edim. Ketin murabbiy men bilan gaplashdi va bir necha daqiqa ichida unga kerakligimga meni ishontirdi», — deydi 29 yoshli futbolchi The Guardian nashriga bergan intervyusida.

Rafinya joriy mavsumdagi sakkizta o‘yinda o‘z hisobiga 14 ta gol va uchta rezultativ uzatma yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 04:04, 25.09.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик