«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transferiga «Chelsi» qiziqish bildirmoqda. London klubi Baldeni yanvar oyida sotib olish uchun taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.
Avvalroq himoyachi «Barselona»da olayotgan o‘yin vaqtidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Balde kataloniyaliklar safida atigi 1 ta uchrashuvda maydonga tushib, jami 13 daqiqa o‘ynagan.













