O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida yana bir chempionlikni nishonladi.
Yengil atletikaning bosqon uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Suhrob Xodjayev hal qiluvchi urinishlarda raqiblaridan ustun keldi. Hamyurtimiz 74,38 metrlik natija qayd etib, musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, Suhrob Xodjayev shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, O‘zbekiston hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.
E’tiborlisi, bu Xodjayevning Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi ishtiroki bo‘ldi. U avvalgi ikki urinishidan so‘ng bu safar ilk bor musobaqa chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.













