Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Flamengo» sport direktori «Milan»da ishlashni xohlaydi

«Flamengo» sport direktori «Milan»da ishlashni xohlaydi

Baho:
+ | -

«Flamengo» sport direktori Joze Boto «Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim haqida iliq fikr bildirdi. Boto portugaliyalik mutaxassisni «Benfika»dagi faoliyatidan yaxshi taniydi. Ayni paytda u «Milan»ning sport direktori lavozimi uchun ko‘rib chiqilayotgan uch nomzoddan biri sifatida tilga olinmoqda.

«Amorim o‘ziga xos futbol quradi. Buning uchun vaqt va mos futbolchilar kerak. Albatta, “Milan” g‘alaba qozonishi lozim, ammo jamoaga italyan futboliga, futbolchilarga esa uning uslubiga moslashish uchun vaqt berish kerak. Agar unga shunday imkoniyat berilsa, “Milan” yana muhim maqsadlar uchun kurasha oladi», — dedi Boto.

U o‘zining kelajagi haqida ham gapirdi. «Flamengo» bilan shartnomasi borligini ta’kidlagan Boto Yevropa futboliga qaytsa, Italiyada ishlash uni qiziqtirishini aytdi.

«Italiya futboli meni o‘ziga jalb qiladi. Sport direktori lavozimi bu yerda boshqa mamlakatlarga qaraganda yuqoriroq qadrlanadi», — dedi «Flamengo» direktori.

Kiritildi: 18:53, 25.09.2026.
O'qildi: 681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик