«Bavariya» va Fransiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise yaqin vaqt ichida «Liverpul»ga o‘tishni istamayapti. Bu haqda Football365 xabar berdi.
«Liverpul» yozgi transferlar oynasida 24 yoshli futbolchini tarkibiga qo‘shib olishga qiziqqan edi. Biroq TEAMtalk manbalariga ko‘ra, Olisening o‘zi Ispaniyada o‘ynashni maqsad qilgan. Ayni paytda uning vaziyatidan «Real» va «Barselona» ham yaxshi xabardor.
Shu tariqa, Olisening «Bavariya»dan ketishi ehtimoli hozircha past, uning keyingi manzili sifatida Ispaniyaning ikki grandi tilga olinmoqda.













