«Yuventus» 2027 yil yozida shartnomasi tugaydigan «Inter» yarim himoyachisi Hakan Chalhanog‘luni tarkibga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Biroq 32 yoshli futbolchi Turinga ko‘chishga unchalik qiziqmayapti.
Turk yarim himoyachisi avval «Inter» bilan yangi shartnoma masalasini muhokama qilmoqchi. Agar futbolchining yuqori manfaatlarini ko‘zlovchi kelishuvga erishilmasa, uning kelajagi bo‘yicha boshqa variantlar ko‘rib chiqilishi mumkin.













