Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rojers Palmerning Angliya terma jamoasida yo‘qligi haqida: «Undan biroz dam olayotganimdan xursandman»

Rojers Palmerning Angliya terma jamoasida yo‘qligi haqida: «Undan biroz dam olayotganimdan xursandman»

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Morgan Rojers jamoadoshi Koul Palmerning Angliya terma jamoasining bo‘lajak o‘yinlari qaydnomasidan chetda qolgani haqida fikr bildirdi.

24 yoshli futbolchi salomatligidagi muammolar sababli sentyabr va oktyabr oylarida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi bahslarida «uch sherlar»ga yordam bera olmaydi.

«Tog‘risini aytsam, Palmerdan biroz dam olayotganimdan hatto xursandman. U bilan sutkasiga 24 soat va haftasiga yetti kun birga bo‘lish ancha og‘ir, shuning uchun bunday tanaffus faqat foydaga xizmat qiladi.

Koul bilan birga o‘ynash va vaqt o‘tkazish menga yoqadi. Afsuski, u terma jamoa qarorgohiga kela olmadi, ammo hozir u asosiy e’tiborini jismoniy holatiga qaratishi kerak», — deydi Rojers Daily Mail nashriga.

Shanba kuni angliyaliklar Ispaniyaga qarshi maydonga tushishadi, so‘ng Chexiya (29.09), Xorvatiya (03.10) va yana bir bor Chexiya (06.10) terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.

Kiritildi: 06:45, 26.09.2026.
O'qildi: 508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик