«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareskadan klubning moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgani haqida fikr bildirish so‘raldi.
Murabbiy vakillari The Guardian nashriga Mareskaning ijtimoiy tarmoqda joylagan Suqrot iqtibosining skrinshotini yubordi.
«Men hech narsa bilmasligimni bilaman», — deya qadimgi yunon faylasufi Suqrotdan iqtibos keltirdi Mareska.
Murabbiy ushbu iqtibos yoniga yana shunday yozgan:
«Bir oz to‘xtash vaqti. Tahlil qilish vaqti. O‘rganish vaqti».













