"Arsenal" yarim himoyachi Martin Subimendining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi futbolchini sotishga tayyor. "Arsenal" Subimendi uchun 80 million yevro talab qilmoqda.
Futbolchining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy klub sifatida "PSJ" tilga olinmoqda.
Martin Subimendi "Arsenal" safida APLda jami 43 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













